Joriy yilning 5−9 mart kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Unga ko‘ra:

  • Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on;
  • Samarqand viloyatining Urgut, Samarkand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattago‘rg‘on;
  • Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
  • Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod;
  • Toshkent viloyatining Ohangaron, Bustonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent, Bekobod;
  • Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on;
  • Farg‘ona viloyatining So‘x, Farg‘ona, Beshariq;
  • Andijon viloyatining Andijon, Jalal quduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi.

O‘zgidromet Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni so‘ramoqda.