Toshkent metropolitenida ilk marotaba ona va bola xonasi hamda hojatxonadan foydalanish boshlanadi. Bu haqda tarqalgan ma’lumotlarni «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga tasdiqladi.

Ta’kidlanishicha, bu prezidentning «Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Matbuot kotibi jamoat hojatxonasining 23 fevral kuni soat 15:00 da ochilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxonalar qurishni boshlaganini ma’lum qilgandi.