Bugun, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

Xabarga ko‘ra, bahor mavsumida vodiy iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida, 500 kVli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig‘ida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi aytildi.

Shuningdek, vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.