Zamonaviy inson hayotini elektr energiyasi, gaz va suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli, kommunal to‘lovlarni to‘lash ancha oldin oylik zaruratga aylangan.

Barcha kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shaharning har hil manzillarida joylashgan va ularni aylanib chiqish uchun qo‘shimcha vaqt va pul sarflash kerak.

Bugungi kunda to‘lov ilovalari kommunal to‘lovlarni to‘lashni sezilarli darajada tezlashtirish va osonlashtirishga yordam beradi. Endi siz shahar bo‘ylab mashinada yurishingiz va navbatda turishingiz shart emas. Xizmatlar uchun to‘lovni uydan qulay vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfoningizdan amalga oshirishingiz mumkin. Inspektorlar tekshirib kelganda esa ilovalardan yuklab olgan va chop etilgan kvitansiyalarni ularga ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi.

Uchta eng ommabop mobil ilovalar — Click, Payme va Apelsin misolida biz sizga smartfoningizdan kommunal to‘lovlarni qanday to‘lash, hisob-kitoblarni kuzatish va hisoblagich ko‘rsatkichlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuborish mumkinligini ko‘rsatamiz.

Ushbu qo‘llanmada siz quyidagilarni bilib olasiz:

Click, PayMe va Apelsin to‘lov tizimlarining barchasida «Mening uyim» bo‘limi mavjud. Ushbu bo‘limda siz kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz, to‘lovlar tarixini ko‘rishingiz va kvitansiyalarni yuklab olishingiz mumkin.

Click ilovasida kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

Agar siz Click to‘lov tizimi foydalanuvchisi bo‘lsangiz, u holda asosiy menyudagi uchta nukta bilan ko‘rsatilgan «Yana» tugmasini bosishingiz kerak. U yerda «Xizmatlar» bo‘limida «Mening uyim» tugmasini ko‘rasiz.


Ushbu bo‘limga kirib, u yerga o‘z uyingizni kiritishingiz kerak. «Mening uyim» bo‘limida siz yaratgan uy belgisi paydo bo‘ladi.


Shundan so‘ng dastlabki to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ekran pastida joylashgan «+Yangi to‘lov» tugmasini bosasiz va u yerda to‘lov turlari aks etgan tugmalar joylashgan bo‘ladi.


Ularning orasidan o‘zingizga kerak bo‘lgan xizmatlardan birini tanlashingiz mumkin. Bizning vaziyatda esa «Kommunal to‘lovlar» tugmasini bosamiz.


«Elektroenergiya» tugmasida siz elektr ta’minoti uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun xizmatga kirib, o‘z yashash hududingizni tanlashingiz kerak.


Bunda har bitta hududning o‘z tuman manzillari alohida shifr bilan berilgan. Tumanni tanlagandan so‘ng «Abonent hisob-raqami» katakchasida o‘z hisob raqamingizni yozadigan paytda tuman shifri avtomatik tarzda o‘zi yoziladi va siz faqatgina o‘z hisob-raqamingizni ko‘rsatasiz.

Bundan so‘ng, «Davom etish» tugmasini bosasiz. Agar o‘z ma’lumotlaringizni to‘g‘ri kiritgan bo‘lsangiz, keyingi sahifada avtomatik tarzda ism familiyangiz, uy manzilingiz va oldindan amalga oshirgan to‘lovingiz va oxirgi to‘lov summasi, bundan tashqari tarif narxi aks etadi.


Ushbu ma’lumotlarning quyi qismida «To‘lov summasini kiriting» bo‘sh katakchasi joylashgan bo‘lib, bu yerga o‘zingiz amalga oshirmoqchi bo‘lgan summani kiritasiz va «Saqlash» tugmasini bosasiz. Ushbu saqlangan ma’lumot yonida to‘rtburchakli bo‘sh katakcha paydo bo‘ladi, shu katakchaning ustiga bosib, keyin ekranning quyi qismida joylashgan «To‘lov» tugmasini bosasiz.


So‘ng, bank plastik kartangiz aks etgan keyingi sahifaga o‘tasiz. U yerda «To‘lash» tugmasini bosib, to‘lovni amalga oshirasiz. Istagingizga ko‘ra, «To‘lov ma’lumotlari» bo‘limiga kirib, to‘lov bo‘yicha kvitansiyani o‘z telefoningizga yuklab olishingiz mumkin.


Boshqa kommunal to‘lovlar

Boshqa kommunal to‘lovni amalga oshirish uchun ilovaga kiritgan uyga kirasiz. U yerda siz avval amalga oshirgan elektr ta’minoti uchun to‘lov aks etgan bo‘ladi. Uning tag qismida «+» belgisi joylashgan. Shu belgini bosib o‘zingizga kerak bo‘lgan xizmatlardan birini tanlashingiz kerak. Bu safar «Kommunal to‘lovlar» bo‘limiga kirib «Ichimlik suvi» xizmatini tanlaymiz.


Ichimlik suvi uchun to‘lovni amalga oshirishda sizdan hududni tanlash talab qilinmaydi, faqatgina «Abonent hisob-raqami»ni kiritishingiz kifoya.

O‘z hisob-raqamingizni kiritganingizdan so‘ng «Davom etish» tugmasini bosasiz va filial nomi, abonent ism-familiyasi va saldo aks etgan sahifa paydo bo‘ladi. Bularning quyi qismida to‘lov summasini kiritish katakchasi ko‘rinadi. Shu yerga ham o‘zingiz istagan to‘lov summasini kiritib, «Saqlash» tugmasini bosasiz.


Shundan so‘ng, «Suv ta’minoti» aks etgan sahifaga o‘tiladi va shu xizmatning yonida bo‘sh to‘rtburchak katakchani belgilab, to‘lovni amalga oshirishingiz kerak. Bu yerda ham o‘z bank plastik kartangizni ko‘rasiz. «To‘lash» tugmasini bosib to‘lovni amalga oshirib bo‘lgach, «To‘lov ma’lumotlari» bo‘limidan kvitansiyani yuklab olishingiz mumkin. Issiq suv va isitish xizmatlariga ham shu tartibda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Agar kommunal xizmat uchun to‘lovlarni qayta amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, u holda «Mening uyim» bo‘limidagi uyingizga kirib, kerakli xizmatdan birini tanlaysiz.


Masalan, elektr energiyasini tanlaymiz. Bu sahifaga kirganingizda eng so‘nggi marotaba amalga oshirgan to‘lovingizni ko‘rishingiz mumkin. «To‘lash» tugmasiga kirib esa, yangi to‘lovni amalga oshira olasiz.


Kvitansiyalarni yuklab olish

Buning uchun siz ilovadagi «Mening uyim» bo‘limidagi o‘z uyingizga kirasiz. U yerda o‘zingizga kerak bo‘lgan xizmatlardan birini tanlab, unga o‘tasiz.


Ekranga ushbu xizmat bilan bog‘liq oxirgi to‘lov ma’lumoti chiqib keladi. Ularning orasida «To‘lovlar tarixi» bo‘limiga kirasiz. Masalan, «Elektroenergiya» xizmatida oxirgi to‘lovingizga o‘tishingiz mumkin.


Unga kirganingizda «Muvaffaqiyatli» amalga oshirgan to‘lovingiz tagida «Kvitansiyani yuklab olish» tugmasi joylashgan. Uni bosish orqali ilova sizdan o‘zingizga maqul bo‘lgan formatlardan birida kvitansiyani yuklab olishni tavsiya etadi va siz kvitansiyani yuklab olishingiz mumkin.


Payme to‘lov tizimida kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

Payme to‘lov tizimi foydalanuvchilari ilovaning asosiy menyusining quyiroq qismiga tushib, «Mening uyim» bo‘limidagi «Uyni qo‘shish» tugmasini bosishlari kerak. Ushbu joyga uy nomini yozib, «Keyingisi» tugmasi bosiladi.


Keyingi bosqichda «To‘lovlarni qo‘shish +» tugmasini bosib, paydo bo‘lgan xizmatlar ichidan o‘zingizga kerakli xizmatlardan birini tanlaysiz. Bizning holatda bu «Kommunal xizmatlari» bo‘limi.


Elektr ta’minotiga to‘lovni amalga oshirish uchun «Elektrichestvo» bo‘limiga kiriladi va «To‘lov turi» tanlanadi. Buning ichida «Elektr energiyasini to‘lash» va «Jarima to‘lash (Penya)» turlari mavjud. Shulardan «Elektr energiyasini to‘lash» turini tanlab, hududni kiritamiz.

Shundan so‘ng, «Hisob raqami» katakchasiga o‘z hisob raqamingizni kiritasiz. Keyin esa, «Qo‘shish» tugmasini bosasiz. Siz qo‘shgan to‘lov o‘zingiz ilovada yaratgan uy tagida «To‘lovni qo‘shish» bo‘limidan pastki qatorda joylashgan bo‘ladi. Siz ushbu xizmatni «Tayyor» tugmasini bosish orqali uyingizga qo‘shib quyishingiz mumkin.


Endi to‘lovni amalga oshirish uchun «Mening uyim» xizmatlarida paydo bo‘lgan «Elektrichestvo» bo‘limiga kirasiz.


U yerda hisob raqamingiz va hisobingizdagi joriy holatda mavjud summangiz aks etgan ma’lumotlar tagida «Kvitansiyalar» va «To‘lovga o‘tish» tugmachalari aks etgan bo‘ladi. To‘lovni amalga oshirish uchun «To‘lovga o‘tish» tugmasini bosasiz va o‘zingiz istagan summani kiritib, «Keyingisi» tugmasini bosasiz va to‘lovni amalga oshirasiz.


Bundan so‘ng istagingizga ko‘ra, to‘lov kvitansiyasini yuklab olishingiz mumkin.


Tabiiy gaz uchun to‘lov

Tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirish uchun «Mening uyim» bo‘limidagi o‘zingiz kiritgan uyga kirasiz. U yerda «To‘lovni qo‘shish +» bo‘limiga kirib, «Kommunal xizmatlari» bo‘limida «Gaz» tugmachasini bosasiz. Shundan so‘ng, ekranda paydo bo‘lgan katakchalarni to‘ldirish kerak. Buning uchun «To‘lov turi» bo‘limiga kirib, «Tabiiy gaz uchun to‘lov» tugmasini tanlaysiz.


So‘ng esa, o‘zingiz yashaydigan hudud va tuman/shaharlarni tanlaysiz va hisob raqamingizni kiritasiz. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgach, «Qo‘shish» tugmasini bosasiz. Ushbu kiritilgan ma’lumot ham «Mening uyim»dagi «Xizmatlar» bo‘limida aks etadi.


Shundan so‘ng, to‘lovni amalga oshirish uchun «Gaz» deb yozilgan va o‘ng tomonida hisob raqamingiz ko‘rsatilgan katakcha ichiga kirasiz va to‘lamoqchi bo‘lgan summangizni yozasiz. Bunda ham abonentning ism familiyasi, manzili, balansi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda ekranga chiqadi.


Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa «To‘lash» tugmasini bosib, to‘lovni amalga oshirasiz. So‘ng, kvitansiyalar bo‘limiga kirib, ekranning pastgi tomonida joylashgan «Printer» rasmi ustiga bosib kvitansiyani yuklab olishingiz mumkin.


Ichimlik suvi uchun to‘lov

Oldingi ikki kommunal to‘lovlari singari suv uchun to‘lovni amalga oshirish uchun «Mening uyim»ga kirib, «To‘lovni qo‘shish» tugmasi bosiladi va kerakli kommunal to‘lov xizmatlaridan biri tanlanadi.


Suv uchun to‘lov bo‘limida sizdan hududni tanlash so‘ralmaydi, lekin «To‘lov turi»dan birini tanlash so‘raladi. Ushbu bo‘limda «Sovuq suv uchun to‘lov» va «Penya» to‘lov turlari mavjud. Shulardan birini tanlagandan so‘ng hisob-raqamingizni kiritishingiz va «Qo‘shish» tugmasini bosishingiz kerak.


So‘ng, «Mening uyim»da paydo bo‘lgan «Ichimlik suvi» hisob raqami aks etgadi. So‘ng «Tayyor» tugmasini bosasiz. Ichimlik suviga to‘lovni amalga oshirish uchun «Mening uyim»da aks etgan «Ichimlik suvi» katakchasiga kirib, to‘lov summasini kiritasiz va to‘lovni amalga oshirasiz.


Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.


To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng kvitansiyani «Printer» rasmiga kirib yuklab olishingiz mumkin.


Boshqa to‘lovlar ham xuddi shu kabi usulda qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ilovada kommunal xizmatlar uchun to‘lovlaringiz tarixi saqlab qolinadi.

Kommunal xizmatlar uchun yangidan to‘lovlarni amalga oshirish uchun «Mening uyim» bo‘limiga kiriladi va kerakli xizmatlardan biri tanlanadi. Ekranda paydo bo‘lgan xizmat turida hisob raqamingiz to‘g‘ri ko‘rsatilganiga amin bo‘lgach, to‘lov summasini kiritib, to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.


Apelsin ilovasida kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

Apelsin ilovasidan foydalanuvchilar kommunal xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun ilovaning «Servislar» bo‘limida joylashgan «Mening uyim» bo‘limiga «uy»ni kiritishlari kerak.


Buning uchun «+ Uyingizni qo‘shing» tugmasi bosiladi. Bundan so‘ng, to‘rtta bo‘sh katakchalar paydo bo‘ladi. Ularga o‘z ixtiyoringizga qarab ma’lumotlarni kiritishingiz mumkin.


Ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng «Keyingisi» tugmasi bosiladi va «Mening uyim» bo‘limida siz kiritgan uy aks etadi. Unga kirganingizda «+ Kommunal xizmat turini qo‘shish» katakchasi paydo bo‘ladi.


Ushbu bo‘limda kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlar ro‘yxati bo‘ladi. «Kommunal xizmatlar» bo‘limida «Gaz», «Elektroenergiya», «Sovuq suv va kanalizatsiya» kabi xizmatlar joy olgan.


Tabiiy gaz uchun to‘lov

Buning uchun «Kommunal xizmatlar» bo‘limidan «Gaz» xizmatini tanlaysiz va hududingiz nomini, hisob raqamingizni va tuman/shahar filial nomini kiritasiz. Ma’lumotlar to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, ekranda «Muvaffaqiyatli» yozuvi paydo bo‘ladi.


Shundan so‘ng, kiritgan o‘yingiz ichida hisob raqamingiz ko‘rsatilgan gaz uchun to‘lov katakchasi paydo bo‘ladi. Unga kirganingizda ism familiyangiz, manzilingiz, to‘langan muddat, hisoblagich ko‘rsatkichi va joriy pul mablag‘ingiz aks etgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlar to‘g‘riligiga amin bo‘lgach, «To‘lash» tugmasini bosib, ekranda paydo bo‘lgan bo‘sh katakchaga to‘lov miqdorini kiritasiz va «Keyingisi» tugmasini bosasiz.


Bu yerda siz «Do‘stim to‘laydi» yoki «To‘lash» tugmalaridan birini tanlashingiz mumkin. Shundan so‘ng, «Apelsin» ilovasi sizdan tasdiqlash kodini kiritishni so‘raydi.


To‘lov amalga oshgach, to‘lov chekini PDF formatida yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi.


Elektr energiyasi uchun to‘lovlar

Buning uchun «Mening uyim»ga kiritilgan uyingizga kirib, yangidan «+ Kommunal xizmat turini qo‘shish» tugmasi bosiladi va xizmat turlaridan «Elektroenergiya» xizmati tanlanadi.


Bundan so‘ng, xuddi gaz uchun to‘lov amalga oshirilgani kabi hudud, shaxsiy hisob raqam va tuman/shahar ko‘rsatiladi.


Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgach, «Qo‘shish» tugmasi bosiladi. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilsa, «Mening uyim»da elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirish uchun katakcha paydo bo‘ladi. U yerda ham siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, ism familiyangiz, manzilingiz, eng so‘nggi amalga oshirgan to‘lovingiz va joriy balansingiz. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, «To‘lash» tugmasini bosib, kerakli summani kiritasiz. Istagingizga ko‘ra, to‘lov chekini yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi.


Ichimlik suvi uchun to‘lov

Ichimlik suvi uchun to‘lovni amalga oshirish uchun «Mening uyim»ga kiriladi va «Kommunal xizmatlar» bo‘limi ichidan «Sovuq suv va kanalizatsiya» xizmati tanlanadi. Bunda sizdan faqat hisob raqamingizni kiritish so‘raladi.


Hisob raqami muvaffaqiyatli kiritilgach, ilovaga kiritilgan uyda suv uchun to‘lovni amalga oshirish imkonini beruvchi katakcha paydo bo‘ladi.


Unga kirganingizda o‘zingizga tegishli ma’lumotlar paydo bo‘lishi kerak.


Bunda siz ism-familiyangizdan tashqari, asosiy balansingizni ham ko‘ra olasiz.


«To‘lash» tugmasini bosib, kerakli to‘lovni amalga oshirishingiz va chekni yuklab olishingiz mumkin.


Ushbu ilovada siz kommunal xizmatlar uchun amalga oshirgan to‘lovlaringiz tarixini ko‘ra olasiz. Buning uchun ilovaga kiritgan uyingizga kirib, kerakli kommunal xizmat turini tanlaysiz. U yerda siz «To‘lash» tugmasining yonidagi soat belgisini ko‘rasiz.


Unga kirganingizda oldin amalga oshirilgan to‘lovni ko‘rasiz. Yangi to‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, «To‘lash» tugmasini bosib, to‘lov summasini kiritasiz va uni amalga oshirishingiz mumkin.

Nima uchun hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborish kerak?

Inspektorlar har oy hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborishni so‘rashadi. Bu eng avvalo siz uchun kerak, chunki bu har oylik to‘lovning to‘g‘ri hisoblanishi uchun zarur.

Hisoblash tizimi sizni har oyda bir xil miqdorda suv iste’mol qiladi deb uylaydi. Agar hisoblagichlar ko‘rsatkichini yuborib turmasangiz, unda tizim avtomatik ravishda har oy oldingi oylar iste’moli asosida taxminiy miqdorni hisoblashi mumkin.

Natijada, sizga aslida mavjud bo‘lmagan qarz yozilishi mumkin. Yoki dasturda katta miqdordagi oldindan to‘lov ko‘rsatiladi, aslida esa qarzdorlik bo‘ladi.

Nima uchun uzoq vaqtga oldindan to‘lov qilish maqsadga muvofiq emasligi haqida. Aytaylik, siz sovuq suv uchun olti oyga oldindan to‘lov qildingiz. Demak, tizimda birinchi oy uchun katta miqdordagi pul tushumi bo‘ldi, lekin keyingi oylarda umuman pul tushmadi.

Agar hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborib turmagan bo‘lsangiz, u holda tizim avtomatik tarzda sizga to‘lovlar bo‘lmagan ikkinchi va keyingi oylar uchun qarzdorlikni yozishi mumkin.

Shuning uchun kommunal to‘lovlarni bir oy oldin to‘lagan yaxshiroq.

Sovuq suv hisoblagich ko‘rsatkichini qanday qilib o‘zingiz yuborishingiz mumkin?

Sovuq suv hisoblagichlari ko‘rsatkichlarini «O‘zsuvta’minot» saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yubora olasiz. Agar siz unga birinchi marotaba kirayotgan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish. Buning uchun cabinet.uzsuv.uz/login manzilidagi shaxsiy kabinetingizga o‘tasiz va shaxsiy hisob raqamingizni kiritasiz. Keyin mobil telefon raqamingizni kiritasiz. Unga tasdiqlash kodi yuboriladi, uni keyingi bosqichda kiritishingiz kerak.


Ko‘rsatkichni yuborish. Shaxsiy kabinetingizga kiring va «Ko‘rsatkichni yuborish» bo‘limiga o‘ting.


Ko‘rsatilgan oynada hisoblagich ko‘rsatkichlarini kiriting (faqat qora raqamlar). Masalan: 05432. Ko‘rsatkichlar darhol ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shundan so‘ng balans qayta hisoblab chiqiladi.


To‘lovlar tarixini ko‘rish. Shaxsiy kabinetingizda «Hisoblashlar» bo‘limiga o‘tasiz. Bu yerda siz hisoblagichlar va to‘lovlarning batafsil taqsimotini, shu jumladan hisoblagich ko‘rsatkichlarini qo‘lda kiritgandan so‘ng tuzatishlarni ko‘rishingiz mumkin.


Qanday qilib issiq suv hisoblagichining ko‘rsatkichlarini o‘zingiz yuborishingiz mumkin?

Issiq suv hisoblagichlarining ko‘rsatkichlarini «Toshissiqquvvati» DUK veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuborishingiz mumkin. Agar siz unga birinchi marotaba kirayotgan bo‘lsangiz, u holda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish. Shaxsiy kabinet uchun login va parolni «Toshissiqquvvati» bo‘limidan olishingiz mumkin.


Ko‘rsatkichlarni yuborish. Buning uchun «Shaxsiy kabinetingiz»ga kirasiz va «Hisoblagich ko‘rsatkichini yuborish» bo‘limiga o‘tasiz. Ko‘rsatilgan oynada hisoblagich ko‘rsatkichlarini kiritishingiz kerak (faqat qora raqamlar). Masalan: 16541.


«Hisoblagich ko‘rsatkichi» bo‘limida siz barcha hisoblagich ko‘rsatkichlari tarixini ko‘rishingiz mumkin.


Hisoblash tarixini ko‘rish. Shaxsiy kabinetingizda «Hisob-kitoblar tarixi» bo‘limiga o‘ting va kerakli yilni tanlang. Bu yerda siz issiq suv va isitish uchun alohida to‘lovlarning batafsil hisob-kitoblarini ko‘rishingiz mumkin.

Joriy kommunal tariflarni qayerdan topish mumkin?

e-kommunal veb-saytida Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlari bo‘yicha barcha kommunal xizmatlar uchun joriy tariflar taqdim etilgan.