4 fevral kuni O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaga rahbar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Federatsiya prezidenti lavozimiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning nomzodi ilgari surilib, bir ovozdan ma’qullandi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. U bir vaqtning o‘zida ushbu lavozimda ham faoliyat olib boradi.

Abduqodir Toshqulovo‘tgan yilning 14 yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgandi. Ungacha Termiz davlat universiteti rektori hamda Senat a’zosi edi.