24 yanvar kuni O‘zbekistonda Biatlon federatsiyasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston hududida biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish ekanligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, Federatsiya biatlon bilan shug‘ullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanishi qo‘shimcha qilingan.