Italiya kubogining 1/8 bahslarida «Roma» o‘z uyida «Lechche»ga qarshi o‘ynadi. Klub xabariga ko‘ra, «Olimpiko» stadionida o‘tgan o‘yinda mezbon jamoa g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov esa an’anaga ko‘ra, zaxirada qoldirildi.

O‘yinning 14-daqiqasida «Lechche» himoyachisi Arturo Kalabrezi burchakdan berilgan zarbani golga aylantirdi, hisob — 0:1.

Birinchi taym oxiriga bolib, 40-daqiqada «Roma» himoyachisi Marash Kumbulla javob to‘pini kiritdi. Avvaliga burchak to‘pini Brayan Kristante jarima maydonchasida yo‘naltirdi, undan so‘ng esa 2000 yilda tug‘ilgan Kumbulla topni boshi bilan darvozaga joyladi — 1:1.

Romaliklarda birinchi bo‘lim yakunida ham qulay imkoniyat bo‘lgan edi. 22-raqamdagi Nikolo Dzanolo jarima maydonchasida himoyachi bilan yakkama-yakka chiqib borgandi. Biroq, top darvoza ustuniga tegib, ortga qaytdi.

Shundan so‘ng, ikkinchi taymning 54-daqiqasida Temmi Abraham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob — 2:1.

64-daqiqada zaxiradan tushgan Eldor Shomurodov 3-golga mualliflik qildi. U 81-daqiqada 3 ta raqib himoyachiga qarshi jarima maydonchasiga kirib borib, gol kiritdi.

Yakunda hisob Roma foydasiga 3:1 ko‘rinishni oldi. Jamoa 9 fevral kuni chorak finalda «Inter»ga qarshi o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar «Roma» 6 yanvar kuni «Milan»ga qarshi o‘yinda 3:1 hisobda mag‘lub bo‘lgan edi.