Xalq ta’limi vazirligi 24 yanvardan boshlab maktablarda ta’lim jarayonini onlayn formatda boshlanishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda SSV hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatining takliflaridan kelib chiqib, darslar bir oy muddat «onlayn» shaklda olib boriladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining qo‘shimcha qilishicha, mazkur tartib xususiy maktablarga ham taalluqli.

Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi.

«Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

XTV ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘ragan.