29 dekabr kuni Lugansk viloyatida Ukraina-Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan besh nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukraina chegara xizmati tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar berdi chegara xizmati.

«Huquqbuzarlar belgilangan nazorat punktlaridan tashqarida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishni maqsad qilishgan, sababi ularda Rossiyaga kirishga taqiq mavjud bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Hibsga olingan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida protokollar rasmiylashtirildi. O‘zbekiston fuqarolari Ukrainadan chiqarib yuborilishi kutilmoqda.