27 dekabr kunduz kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati. Harorat foni me’yordan 5−7 darajaga past bo‘ladi va 2…+3 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28−29 dekabrda sovuqlar 3…−8 sovuqgacha kuchayadi, 30−31 dekabrda 2…+3 daraja iliqgacha ko‘tariladi, ertaga kunduz kuni harorat +2…+7 iliq bo‘ladi, 31 dekabrda kunduz kuni +8…+13 iliq darajagacha ko‘tariladi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shuningdek, 26 dekabr kungi qorli ob-havoga O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa tomondagi hududidan (Moskva viloyatidan) kirib kelgan sovuq va nam havo massasi sabab bo‘lgani aytildi. Shu kuni butun respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.