Transport vazirligining xabar berishicha, hozirda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan bo‘lib, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvoz amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari bayram kunlari quyidagi xorijiy davlatlarga aviaqatnovlar orqali tashrif buyurishi mumkin.

  • Turkiya, 40 ta reys (Toshkent — Istanbul, Samarqand — Istanbul, Farg‘ona — Istanbul);
  • Qozog‘iston, 34 ta reys (Toshkent — Olmaota, Samarqand — Olmaota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqto‘ba);
  • Rossiya, 22 ta reys (Toshkent — Moskva, Samarqand — Moskva, Samarqand — Sankt-Peterburg);
  • BAA, 16 ta reys (Toshkent — Dubay, Toshkent — Sharja);
  • Koreya Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent — Seul);
  • Tojikiston, 4 ta reys (Toshkent — Dushanbe);
  • Belarus, 4 ta reys (Toshkent — Minsk);
  • Qirg‘iziston, 3 ta reys (Toshkent — Bishkek);
  • Misr, 3 ta reys (Toshkent — Qohira, Toshkent — Sharm-al-Shayx);
  • Gruziya, 2 ta reys (Toshkent — Tibilisi);
  • Germaniya, 2 ta reys (Toshkent — Frankfurt);
  • Hindiston, 2 ta reys (Toshkent — Dehli);
  • Quvayt, 2 ta reys (Toshkent — Al-Quvayt);
  • Latviya, 2 ta reys (Toshkent — Riga);
  • AQSh, 2 ta reys (Toshkent — Nyu-York);
  • Eron, 1 ta reys (Toshkent — Tehron);
  • Isroil, 1 ta reys (Toshkent — Tel-Aviv);
  • Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent — Ar Riyod);

Parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabrdan boshlab Samarqand aeroportidan Moskva, Istanbul, Olmaota va Sankt-Peterburg shaharlariga aviaqatnovlar tiklangani ma’lum qilingan edi.