Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda fuqaro O.D. «M.I.» MCHJ rahbari M.ga bank muassasasidan 400 ming AQSh dollari miqdorida kredit olib berishda amaliy yordam berishni va’da qilgani aniqlandi.

Buning uchun fuqaro Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish sektori yetakchi mutaxassisi sifatida xizmat mavqeidan foydalangan.

Shundan so‘ng, kredit olib berish evaziga qo‘lga kiritgan 3000 AQSh dollarini qaytarib bergan. Ushbu holat protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bunga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.