Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qizil-O‘rda bo‘ylab bulutlarning o‘tishi hisobiga faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +13…+18 daraja iliqgacha isiydi, bu me’yordan +3…+5 darajaga yuqoridir.

23−24 noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23 noyabrda respublikaning janubi-g‘arbiy, 24 noyabrda janubiy tumanlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +13…+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

25−26 noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25 noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26 noyabrda respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan +9…+11 daraja iliqgacha ko‘tariladi, 26 noyabrga kelib esa kunduz kunlari me’yoriy qiymatlargacha pasayadi va +8…+13 darja iliqni tashkil etadi.