17 noyabr kuni soat 16:00 lar chamasida Andijon viloyati Shahrixon tumani Bo‘ston MFYda yashagan B. R (Farg‘ona Davlat universiteti o‘qituvchisi) mazkur hududda joylashgan qabriston ayvoniga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida B.Rahmonov «1xbet» bukmekerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘ynab kelgani, 16 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashovchi «Xurshidbek» ismli shaxsdan 18 noyabr kuni qaytarib berishni va’da qilib 57 mln so‘m qarz olgani va bu pullarni «1xbet» o‘yinlarida yutqazib qo‘ygani aniqlangan.

Biroq 18 noyabr kuni oila a’zolariga uni qabristondan topishlari to‘g‘risida sms-xabarnoma yuborgan va shu kuni soat 17:30 lar atrofida oila a’zolari tomonidan o‘zi istiqomat qilib kelgan MFY qabristonidan ayvonga o‘zini osgan holatda topilgan.

Qayd etilishicha, B. R.ning jasadini sud-tibbiy ekspertiza mutaxasisi ishtirokida ko‘zdan kechirish davomida tan jarohatlari aniqlanmagan. Hozirda uning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uzning FarDUdagi manbaga tayanib xabar qilishicha, B.R. avvalroq so‘xlik fuqarodan kontrakt-shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yib sharti bilan pul olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Samarqandda 18 yoshli bola totalizatorda katta miqdorda pul yutqazib, qarz bo‘lib qolgani uchun o‘z joniga qasd qilib vafot etgani xabar qilingan edi.