«qimorbozlik» tegli maqolalar


«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida
21 dekabr 2021, 10:21

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.

Qarzga olingan 57 mln so‘mni «1xbet»da yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi qabristonda o‘zini osdi
19 noyabr 2021, 00:21

Qarzga olingan 57 mln so‘mni «1xbet»da yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi qabristonda o‘zini osdi

«1xbet» qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan FarDU o‘qituvchisi tanishidan olgan 57 mln so‘mni yutqazib qo‘yganidan so‘ng qabristonda o‘zini osib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Samarqandda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
14 aprel 2021, 12:42 1

Samarqandda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Payariq tumanida fuqaro o‘z xonadonida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin tashkil etgani aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan ish ochilib, u protsessual tartibda ushlandi.

Xorazmda qimor o‘ynayotganda ushlangan shaxslar IIB xodimlarini kuch ishlatganlikda ayblamoqda
4 sentabr 2020, 20:58

Xorazmda qimor o‘ynayotganda ushlangan shaxslar IIB xodimlarini kuch ishlatganlikda ayblamoqda

Xorazm viloyati Shovot tumanida ichki ishlar xodimlari qimor o‘ynayotgan 21 nafar fuqaroni qo‘lga olgan va qimorga tikilgan 43 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi pullar musodara qilingan. Qo‘lga olinganlardan bir necha nafari ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llab, o‘zlariga nisbatan kuch ishlatilganligini iddao qilgan va tanalaridagi jarohatlarni ko‘rsatishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting