Turkish Airlines`ning TK-369D reysi payshanba kuni ertalab Toshkentdan Istanbulga bir sutkadan ortiq kechikish bilan parvozni amalga oshirdi.

Parvoz 18 noyabr kuni ertalab soat 9:00 ga belgilangan edi. Yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish soat 6:00 da — jo‘nashdan uch soat oldin boshlandi. Biroq Toshkentdagi ob-havo sharoiti tufayli reys besh soatga kechiktirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Aeroportda ushlanib qolingandan so‘ng, samolyot ekipaji smena tugashi va parvozning bekor qilinishini e’lon qilingan. Yo‘lovchilar aeroportga qaytishgan. Ertalabki parvoz uchun chiptalar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Yo‘lovchilarning bir qismi shaharga qaytgan. Aeroportda qolishga majbur bo‘lganlar issiq ovqat bilan ta’minlangan va kutish uchun sharoit yaratilgan, deyiladi kompaniya xabarida.

Payshanba kuni ertalab soat 9:00 da rejalashtirilgan parvoz ham deyarli ikki soatga kechiktirildi. Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, reys noma’lum sabablarga ko‘ra parvozni amalga oshirmaslikka qaror qilgan to‘rt kishilik oilaning bortdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Samolyot 10:58 da uchgan.