1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 35,21 mlrd dollarni (qariyb 380 trln so‘m) tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 1 oktabr holatida 34,41 mlrd dollar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2021 yilning oktabr oyida 797,1 mln dollarga yoki 2,3 foizga o‘sgan. Bunda oltinning sof hajmi 200 troy unsiyaga kamaygan bo‘lsada, zaxiralar o‘sishiga oltin narxining oy boshidagi 1730,95 dollardan 1796,30 dollargacha ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

oktabr oyida oltin hajmi 12,3 mln troy unsiyadan (taxminan taxminan 382,6 tonna) 12,1 mln troy unsiyaga kamaygan. Biroq, oltin narxining o‘sishi tufayli uning qiymati 21,3 mlrd dollardan 21,6 mlrd dollarga ko‘tarilgan.

Shuningdek, oktabrda xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar 23,8 mln dollardan 99,2 mln dollarga ortgan. Bunga esa rasmiy zaxira aktivlarga kiritilmagan depozitlarning 76,1 mln dollarga ortgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, rasmiy zaxira aktivlariga kiritilmagan oltinnning qiymati 600 ming dollarga kamaygan.

1 oktabr holatida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentabr oyi bilan taqqoslaganda 1,02 mlrd dollarga yoki 2,9 foizga kamaygandi. Bunga sabab sentabr oyi mobaynida oltinning miqdori 200 ming troy unsiyaga oshgan bo‘lsada, uning umumiy qiymati 528 mln dollarga kamaygandi. Shundan keyin oltinning bir unsiyasi uchun narxi taxminan 1762 dollardan 1 oktabrda — 1760 dollarga tushdi. Biroq, hozir qimmatbaho metalning bir troy unsiyasi narxi 1780 dollarga ko‘tarildi.

sentabr oyida zaxiralar kamayishining yana bir sababi valyutadagi aktivlarning qisqarishi bo‘lgandi. Oy davomida valyutadagi aktivlar 479 mln dollarga kamayib 11,95 milliard dollarni tashkil qilgandi.