Prezident farmoni bilan Baxtiyor Islomov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tayinlovga qadar 2018 yilning avgust oyidan buyon ushbu lavozimda Rustam Inoyatov faoliyat olib borayotgan edi.

Baxtiyor Islomov bunga qadar prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.