O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’lim va tibbiyot sohalariga 58 trln so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Bu mablag‘lar hisobidan boshqalar qatorida 40 ta maktab qurish rejalashtirilgan. Bu o‘tgan yilgidan deyarli ikki baravar ko‘p, ammo, baribir, maktablarda joy yetishmasligi muammosini hal qilishga yetarli emas.

Oxirgi besh yil ichida, Xalq ta’limi vazirligi saytidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, maktablar soni bor-yo‘g‘i 437 taga — 2016 yildagi 9692 tadan 2021 yilda 10129 taga ko‘paygan. Ammo bu o‘sishning faqat bir qismi yangi maktablar qurilishiga to‘g‘ri keladi. 2017 yilda o‘tgan yilga nisbatan ta’lim muassasalari soni 64 taga kamayib, 9628 taga, 2018 yilda esa 63 taga ko‘payib, 9691 taga yetdi.

Bahorda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov buni 11 yillik ta’limga o‘tkazilgandan so‘ng 400 ga yaqin kasb-hunar kolleji binolarining maktablarga qaytarilgani bilan izohladi.

2016−2018 yillarda 65 ta, 2018−2020 yillarda 56 ta yangi maktab qurildi, 2021 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturida 23 ta maktab qurish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 2019 yil sentabr oyida prezident so‘nggi ikki yilda mamlakatda 238 ta yangi maktab qurilganini ma’lum qilgan edi.

XTV rahbari Sherzod Shermatov bugungi kunda mamlakatda o‘quvchilar soni (6,24 mln nafar) maktablar loyihaviy quvvatidan (5,06 mln) sezilarli darajada oshib ketgan. Bu holat sinf xonalarining to‘lib-toshib ketishiga, ikki-uch smenada o‘qishga olib kelmoqda. Bolalarning maktablarda minimal standartlarga muvofiq o‘qishlari uchun ular sig‘imini 1,2 mlntaga kengaytirish kerak.

«Shuning hisobiga ham maktablarimizning 70 foizdan ortig‘i ikki smenada ishlaydi. Hamma bir smenada bo‘lsin, deb aytishga harakat qiladi. Buoson emas, bunga juda katta resurs talab qilinadi. Kelgusi yillarga prognoz qiladigan bo‘lsak, hozirgi shutendensiya bo‘yicha ketsa, oradagi bufarq kattalashib boraveradi», — degan edi Sherzod Shermatov.

Vazirning ta’kidlashicha, 2018−2020 yillarda 2615 tamaktabni rekonstruksiya qilish va qurish uchun 2016 yilga va o‘tgan yillarga nisbatan 3−4 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 2021 yilda investitsiya dasturi doirasida 689 tamaktabni ta’mirlash, 23 tasini qurish rejalashtirilgan.

«Shubilan birgalikda, aholining o‘sishi vayillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar hisobiga 3000 dan ortiq ta’mirtalab maktab bor (135 tasini qurish, 1177 tasini rekonstruksiya qilish, 1695 tasini kapital ta’mirlash kerak). Ularning yoniga sport zali, oshxonasi, burjuy pechkasi, atrofini o‘rashi kabi muammolarni qo‘shsak, taxminan 36 trln so‘m (Markaziy bankning 4 maydagi kursi bilan 3,5 mlrd dollar) mablag‘ talab etiladi. Lekin bizning bir yillik investitsiya dasturimiz 2 trln so‘m atrofida mablag‘ bo‘ladi», — dedi u.

XTV rahbari deputatlardan davlat budjetini tasdiqlashda maktablarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun ajratiladigan mablag‘larni, shujumladan mahalliy budjetlar darajasida ko‘paytirishni so‘radi.

2022 yilda davlat 40 ta yangi maktab qurish va 235 ta maktabni ta’mirlashni rejalashtirmoqda. Moliya vazirligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 40 ta yangi maktab qurish uchun davlat budjetidan 410 mlrd so‘m, ya’ni har bir maktabga 10 milliard so‘mdan sal ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Joylar soni hozircha aniqlanmoqda. 235 ta maktabni ta’mirlash esa taxminan 1,2 trln so‘mga baholanmoqda.

Imkoniyatlar tengmi?

Prezident maktabi. Foto: O‘zA

Yangi maktablar qurilishining bunday sur’ati bilan sinflarning to‘lib-toshganligi va kamsig‘imlik muammosini qisqa vaqt ichida hal qilib bo‘lmaydi. Xususan, ta’lim muassasalari quvvatini 1,2 mln kishiga kengaytirish uchun har biri 1200 o‘rinli shartli 1000 ta maktab qurish zarur. Yiliga 40 ta maktab qurilsa, muammoni hal qilish uchun 25 yil kerak bo‘ladi (agar o‘quvchilar soni o‘zgarmasa, biroq bu raqam yildan-yilga oshib boradi).

Sherzod Shermatov holat shu tahlit davom etaversa, o‘quvchi soni bilan o‘quvchi o‘rni o‘rtasidagi farq 2025 yilga kelib 2 mlnga chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi. «Budegani, maktablar sig‘imidagi holat juda qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin», — dedi u.

Mirkonomika blogi muallifi, iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, davlat boshlang‘ish ta’lim bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga olgan ekan, uni doimo barcha uchun teng ta’minlashga harakat qilishi zarur. Chunki kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘proq bolalarning yaxshiroq ta’limga ega bo‘lishi ularning kelajakdagi daromad darajasi qanday bo‘lishida albatta muhum rol o‘ynaydi. Zero «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar qatorida ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan.

«Ammo oxirgi yillarda mamlakatimizda umuman teskari tendensiya kuzatilmoqda. Ya’ni hukumat ta’limni tengsizlashtirishda o‘zi bosh qosh bo‘lmoqda. Masalan, qaysidir hududlarda bolalar qishda sovuq maktablarda o‘qisa (yoki ortiqcha sinflarda), prezident maktablarida bolalar boshqa hech qaysi maktablarda mavjud bo‘lmagan shart-sharoitlar bilan ta’minlagan. Ya’ni qaysidir maktablar hatto minimum standartlar bilan ta’minlanmaganligiga qaramasdan, qaysidir maktablarda barcha sharoitlar muhayyo, aslida ikkala turdagi maktablarga ham soliq to‘lovchilarning puli sarflangan», — deb yozdi u.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev G‘uzor tumanidagi maktabga tashrifi chog‘ida. Sinfdagi o‘quvchilar va o‘qituvchi qalin kiyimda, 29 noyabr, 2019 yil. Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Bu esa kelajakda o‘zining yomon oqibatlarini olib kelmasdan qolmaydi albatta, ammo unda juda kech bo‘lgan bo‘ladi, deb yozadi Mirkonomika muallifi.

Davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil dekabr oyida Buxoro shahridagi prezident maktabi qurilishiga 60 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilgan. Termizda bahorda 168 o‘rinli prezident maktabi qurilishi taxminan 41,5 mlrd so‘mga baholangan edi. Sport zali bilan jihozlangan 1540 o‘rinli (sig‘imi 9 barobar ko‘p) oddiy maktab qurilishi esa 34,4 mlrd so‘mga baholandi.

Mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashning muhimligi

Iqtisodchi Botir Qobilov XTV rahbari Sherzoda Shermatovning budjet mablag‘lari cheklangani sababli ta’lim sohasidagi barcha muammolarni hal etishning iloji yo‘qligi haqidagi gaplarini esga oldi. Vazir sinflardagi o‘quvchilar sonini 35 nafardan 24 nafarga qisqartirish uchun yiliga 9 trln so‘m kerak bo‘lishini aytgan edi.

«Keyingi safar budjet taqsimotida (soliq to‘lovchilarning pullari), qandaydir katta maqsadga pul ajratishdan oldin kimdur mobodo „ushbu loyihaga ketadigan mablag‘ni boshqa qayerga ishlatishimiz mumkin? Shu aslida soliq to‘lovchilarga kerakmi?“ deb so‘rab qolsa, masalan vazirimizning gaplarini eslashimizni istayman», — deb yozdi iqtisodchi.

Shartli «obodonlashtirish»ga yo‘naltirilgan xxx milliard mablag‘ shartli maktab qurilishi yoki ta’miriga ketishi mumkin bo‘lgan pullarni olib qo‘yishini yodda tutish kerak, deya misol keltirdi u. «Ya’ni shartli maktab qurishdan ko‘ra shartli haykal o‘rnatish jamiyatga muhimroq ekan degan xulosa tug‘iladi».

«Biz boy mamlakat emasmiz, — deya ta’kidladi Botir Qobilov, — shuning uchun ko‘p maqsadlarni amalga oshira olmasligimizning sababi pulimiz kamligida emas, balki o‘sha mavjud kam pulni ham isrof qilmay oqilona taqsimlay olmasligimizda. Ba’zi xarajatlarimizga qaraydigan bo‘lsam, o‘zimizni xuddi boy mamlakat kabi tutyapmizmi, deb o‘ylab qolaman».