17:00 ga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, prezident saylovida 19 mln 859 ming 127 nafar saylovchilardan 14 mln 258 ming 780 nafari, ya’ni 71,8 foizi ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.

Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da AQShning Vashington va Nyu-Yorkdagi saylov uchastkalarida ovoz berish boshlandi.

Ovoz berish soat 20:00 ga qadar davom etadi.