OFK kalendariga muvofiq, oktabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdi. Yig‘in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktabr kuni Malayziya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi. Gollarga 17 va 29-daqiqalarda Dostonbek Hamdamov, 33-daqiqada Husayn Norchayev, 45-daqiqada Badrol Baxtiar, 67-daqiqada Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va 87-daqiqada Azizbek Amanovlar mualliflik qilishdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

12 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Iordaniya — O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga 29-daqiqada Seif Baha 29, 56-daqiqada Nasib Abdullah hamda 83-daqiqada Hamza Aldaradrehlar mualliflik qilishdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.