18 sentabr kuni O‘zbekistonda 579 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 168 437 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 162 055 (+780) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1188 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 109 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 177 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 214 nafarga yetdi.