7 sentabr kuni O‘zbekistonda 660 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 161 768 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 153 651 (+713) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1132 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 138 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 821 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 196 nafarga yetdi.