2021/2022 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq ko‘rish mumkin:

15:00 dan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

16:00 dan — Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

17:00 dan — Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, kim qaysi hududda test topshirgan bo‘lsa, o‘sha hudud vaqtida kirib ko‘rishi kerak. Misol uchun doimiy propiskasi Jizzaxda bo‘lgan abituriyent Toshkent shahridagi universitetga hujjat topshirgan. Testga esa Samarqand shahrida kirgan. Demak, ushbu abituriyent Samarqand hududi vaqtida saytga kirib, natijasini tekshirib ko‘rsa bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, bu orqali veb sahifaga yuqori bosim tushishining oldini olish maqsad qilingan.

Kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin:

1. My.dtm.uz sayti orqali:

  • my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda:

2. Mandat.dtm.uz sayli orqali:

  • mandat.dtm.uz saytining «Bakalavr-2021» bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqami bilan):

  • @mandat2021bot
  • @mandat_20211_bot
  • @mandat20212_bot
  • @mandat20213_bot
  • @mandat20214_bot

4️. SMS xabarnoma xizmati orqali:

  • 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (pullik xizmat).

5️. QR-kod orqali:

  • Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kodni (natijani ko‘rish uchun yaratilgan ilovada) skaner qilgan holda.

6️. Test natijalari qaydnomasi orqali:

  • Shuningdek, test natijalari qaydnomasi OTMga taqdim etiladi. oliygohga borgan holda ham javobni bilish mumkin.