31 avgust kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangradi. Undan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlash uchun minbar qarshisiga keldi. U so‘zi avvalida barcha o‘zbekistonliklarni mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi.

Prezident O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, eng murakkab va og‘ir davrlarda davlatni boshqargan birinchi prezident Islom Karimovni, uning rahbarligida amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga oldi. Bundan tashqari, mamlakatda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan ishlar, oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi, qo‘shni mamlakat Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.

Undan so‘ng, bayram munosabati bilan O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi aks ettirilgan kuy-qo‘shiqlar, tarixiy shaxslar gavdalantirilgan sahna chiqishlari, yozuvchilar va shoirlarning ijodlari, sportchilarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, bolajonlarning raqslari o‘rin olgan tantanali konsert dasturi boshlandi. Xattoki pandemiya davrida koronavirus bilan mardonavor kurashgan shifokorlarga atab qo‘shiqlar ham kuylandi.

Tadbir davomida amfiteatr ekranlarida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning birgalikda olib borgan mehnat faoliyatdan videotasvir va suratlar namoyish etilib turdi.

«Gazeta.uz» fotomuxbiri Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanadan tayyorlagan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz (suratni kattalashtirish uchun rasm ustiga bosing).

Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin va Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Chaqirilgan joyga vaqtliroq kelishni hush ko‘ruvchilar allaqachon o‘z o‘rnini egallab olishdi. Amfiteatrga endigina kelganlar esa o‘ziga tegishli joylari tomon harakatlanishmoqda.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Rustam Azimov.





Qonunchilik palatasi Cpikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov va Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev (chapdan o‘ngga).



Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘rinbosarlari hamda xorijiy tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan birga.



Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov (chapdan o‘ngga).



Gulsanam Mamazoitova.




O‘zbekistonning qadimiy shaxslar, olimlar, shoir va yozuvchilar, jadidchilar, qatog‘on qurbonlari ramziy ma’noda mamlakatning yosh avlodiga kitob tuhfa etmoqda.

Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchilari.




Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev va uning hamkasblari.


Bokschi Xasanboy Dusmatov.



«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochidirektori Eldor Tulyakov.

Xorazm lazgisi esa tomoshabinlarni raqsga torta boshladi.


Olimpiadachilar va yoshlar raqs maydonida kuch sinashishmoqda.







Yulduz Usmonovadan yakunlovchi kuy ijro etilgach, davlat rahbari san’atkorlarni qutladi. Shundan so‘ng, navbat mushakbozlikka berildi.








Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».