Mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini tiklamoqda, deya xabar qildi Uzbekistan Airways kompaniyasi matbuot xizmati.

Respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.

Terminal 19 avgustdan boshlab Kobuldan (Afg‘oniston) evakuatsiya qilinayotgan chet el fuqarolarini qabul qilish uchun vaqtinchalik yopilgan edi.

Shu vaqt oralig‘ida barcha mahalliy reyslar Toshkent xalqaro aeroporti orqali amalga oshirildi.

Avvalroq AQSh va boshqa davlatlar Afg‘onistondan evakuatsiya ishlari yakuniga yetganini e’lon qilgan edi.