Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali maffinlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Chizkeyk"li maffinlar


Bizning retseptimiz orqali siz asosi chizkeykni eslatuvchi eng mazali shokoladli maffinlarni qanday tayyorlashni bilib olasiz.

Tvorogli maffinlar


Tvorogli maffinlar — nafaqat tez pishar, balki juda ham mazali pishiriqlardan biridir. Bundan tashqari, ushbu maffinlar uchun oddiy masalliqlardan foydalaniladi.

Rezavor mevali maffinlar


Rezavor mevalar solingan ushbu maffinlar nafaqat ta’mi bilan, balki ko‘rinishi bilan ham ko‘pchilikka yoqadi.

«Juda shokoladli» maffinlar


Kefir bilan birga tayyorlanadigan mana bunday maffinlar shokolad shinavandalariga yoqishi shubhasizdir.

Oq-qora rangli maffinlar


Choyga tez pishar va mazali pishiriqni tayyorlashni istaysizmi? Oq-qora rangli, banan bo‘lakchalari solingan mazali maffinlardan tayyorlang — juda ham mazali chiqadi.

Qaynatilgan quyultirilgan sut bilan maffinlar


Qaynatilgan quyultirilgan sut bilan tayyorlanadigan juda mazali maffinlar retseptini taqdim etamiz. Bunday pishiriqlar, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15