Bugun, 27 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

U yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalari ishga tushiriladi.

Prezident shuningdek, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishib, aholi bilan muloqot qiladi.