Yangilandi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati 30 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlashi haqida xabar berdi. Keyinroq, berilgan xabardagi yo‘nalishlarning ishlash vaqti va Sergeli hamda Yunusobod yo‘nalishlaridagi poyezd qatnovlari o‘rtasidagi intervalning qisqarishi to‘g‘risidagi xabar olib tashlandi.

30 avgustdan boshlab poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati. Unga ko‘ra:

  • Chilonzor yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqaни tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
  • O‘zbekiston yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqaни tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

Xabarga ko‘ra, yaqin kunlarda Toshkentga 20 ta yangi va zamonaviy metro vagonlari olib kelinadi.

«Ulardan 5 ta metropoyezdni shakllantiriladi, bu esa eng gavjum hisoblangan Chilonzor yo‘nalishining sezilarli darajada tushirilishiga xizmat qilishi shubxasiz. Yil yakuniga qadar esa, shu turdagi yana 20 ta vagon keltirilishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 21 maydan Toshkent metrosining Chilonzor va O‘zbekiston yo‘nalishlarining ishlash tartibi soat 6:00 dan 23:00 gacha belgilangan edi.