«Gazeta.uz» Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalariga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rab murojaat qildi. Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan tashqi tovar aylanmasi

mln dollar
Afg‘oniston bilan savdo
2018
2019
2020
Jami
604,6
619,9
779
Eksport
602,6
617
776,7
Import
2,1
3
2,3

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha O‘zbekistonning 20 ta yirik hamkor davlatlari orasida to‘rtta mamlakat — Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi (eksport importdan ko‘p) kuzatiladi. Qolgan 16 ta mamlakat bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.

Ya’ni Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. Xususan, 2020 yilda Afg‘onistonga o‘zbek eksporti hajmi 776,7 mln dollarni tashkil etgan. Ayni paytda import darajasi undan 334 baravar kichik — 2,3 mln dollarga teng bo‘lgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 350 mln va 1,4 mln dollarni tashkil qildi.


ming dollar
Ko‘rsatkichlar
2020
yanvar-iyun, 2021
Tashqi savdo aylanmasi
779 056,4
351 942,0
Eksport
776 737,5
350 514,1
Import
2 318,8
1 428,0
Saldo
774 418,7
349 086,1



Eksport tarkibi
776 737,5
350 514,1
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar
276 474,5
147 790,3
Tamaki va ichimliklar
316,7
125,1
Nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari, yoqilg‘idan tashqari
10 064,1
2 027,0
Mineral yoqilg‘ilar, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (shu jumladan, elektr energiyasi)
162 714,2
67 729,7
Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘ va jun
16 436,5
891,1
Kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar
20 763,4
11 527,3
Sanoat mahsulotlari
72 369,8
19 961,5
Mashina va transport uskunalari
7 911,1
8 437,6
Turli tayyor mahsulotlar
2 999,7
398,5
Boshqa tovarlar
171,9
168,5



Import tarkibi
2 318,8
1 428,0
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar
383,9
292,3
Tamaki va ichimliklar
83,6
108,3
Nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari, yoqilg‘idan tashqari
377,8
661,8
Mineral yoqilg‘ilar, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (shu jumladan, elektr energiyasi)
0,7
3,7
Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘ va jun
26,0
-
Kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar
60,9
4,3
Sanoat mahsulotlari
48,1
47,4
Mashina va transport uskunalari
37,9
28,8
Turli tayyor mahsulotlar
115,2
25,5

O‘zbekiston 2020 yilda asosan oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (jami eksport hajmiga nisbatan 35,5% yoki 276,4 mln dollar), mineral yoqilg‘i, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (jami eksport hajmiga nisbatan 21% yoki 162,7 mln dollar), sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarini (jami eksport hajmiga nisbatan 9,3% yoki 72,3 mln dollar) eksport qildi.

Afg‘onistondan importning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, shuningdek, nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari (yoqilg‘idan tashqari) tashkil qilgan.

2020 yilda O‘zbekistondan Afg‘onistonga eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar 20 taligi quyidagi ko‘rinishga ega.

ming dollar
Nomi
2020
Jami eksport:
776 737,5
Yirik va mayda tortilgan un, bug‘doy va surjik
217 558,5
Prutok, katanka, quloqchalar, profillar va qora metallardan (shu jumladan payvandlash temiri) navli prokat
54 280,5
Yangi, sovutilgan, muzlatilgan yoki an’anaviy konservalangan sabzavotlar (shu jumladan quritilgan dukkakli o‘simliklar); ildiz sabzavotlar, ildiz mevalari va boshqa toifalarga kiritilmagan yangi yoki quritilgan yeguliklar
45 729,1
Bitumli minerallardan olinadigan neft moylari va neft mahsulotlari (xom ashyodan tashqari); boshqa toifalarga kiritilmagan, tarkibida og‘irligiga ko‘ra, mahsulotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanuvchi, 70% va undan ko‘p shu turdagi moylar bo‘lgan mahsulotlar; yog‘li chiqindilar
16 724,3
O‘simlik moylari va yog‘lar; tozalanmagan, tozalangan yoki qismlarga bo‘lingan
16 436,5
O‘g‘itlar (272-guruhga kiruvchi o‘g‘itlardan tashqari)
14 274,3
Propan va butan, siqilgan
12 796,9
Ohak, sement va qayta ishlangan qurilish materiallari (shisha va loy mahsulotlaridan tashqari)
9 970,8
«Yumshoq» o‘simlik moylarini ishlab chiqarish uchun mos bo‘lgan yog‘li ildizlar va urug‘lar (mayda va yirik tortilgan bundan mustasno)
4 922,6
Boshqa toifaga kiritilmagan pishirilgan yoki konservalangan sabzavotlar, ildizlar va ildiz mevalar
4 032,4
Pol qoplamalari va boshqalar
3 697,3
Boshqa toifaga kiritilmagan o‘simlik xomashyosi
3 502,1
Maxsus avtomobillarni tashish va yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari
3 456,5
Yangi, quritilgan yoki boshqa usulda konservalangan, shirin yoki shakarsiz parranda tuxumi va tuxum sarig‘i; tuxum albumin
3 081,7
Ma’lum o‘lcham va shaklda kesilgan qog‘oz va karton, qog‘oz yoki kartondan yasalgan buyumlar
2 612,8
Oyoq kiyimlar
2 426,7
Dori vositalari (shu jumladan veterinariya preparatlari)
2 136,3
Avtomobillar va asosan yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan (haydovchi bilan birgalikda hisoblanganda 10 yoki undan ortiq odamni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) boshqa dvigatelli transport vositalari, shu jumladan, ko‘p o‘rinli mikroavtobuslar
1 786,6
Don mahsulotlari va mevali yoki sabzavotli un yoki kraxmal mahsulotlari
1 634,4
Ipak
1 185,5
Spirtlar, fenollar, fenolik spirtlar va ularning galogenli, sulfatlangan, nitratli va nitrozali hosilalari
1 091,5

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari


Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»

2020 yilning noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev «Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 500 kVt quvvatga ega bo‘lgan «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi (EUL) qurilishi bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish rejalashtirilgan. Uzunligi 260 km bo‘lgan yangi EUL O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini 70% ga oshirib, yiliga 6 mlrd kVt/soat ga yetkazish imkonini beradi. Loyiha qurilishi to‘g‘risidagi bitim Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 110 mln dollar miqdoridagi moliyalashtirish mablag‘lari ajratilishi tasdiqlanganidan keyin imzolangan. EULning O‘zbekiston hududidagi qismi qurilishi 2021 yil mart oyigacha yakunlanishi, Afg‘oniston hududidagi qurilish ishlari avgust oyidan boshlanishi rejalashtirilgan edi.

Shuningdek, qarorda afg‘on bozorida o‘zbek mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga eksport qilinadigan sement, temir, suyultirilgan gaz, un, bug‘doy, tuxum va o‘simlik yog‘i kabi asosiy tovarlar narxlarini pasaytirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, fevral oyi boshida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Toshkentda «Mozori-Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo‘li qurilishining yo‘l xaritasini imzoladi. Loyiha may oyida tayyorlanishi kerak edi, yo‘l qurilishi ishlarini joriy yilning sentyabr oyidan boshlash rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev buni asr loyihasi deb atadi, shuningdek, mazkur temir yo‘l O‘zbekiston tarixidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston 2023 yilgacha Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonning eksport potensialini oshirish maqsadida Termizda yillik tovar aylanmasi 500 mln dollar bo‘lgan xalqaro savdo markazi qurilishi rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 75 mln dollarga teng bo‘lgan savdo markazida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash, shuningdek, sotish terminallari joylashtiriladi.