«eksport-import» tegli maqolalar


O‘zbekiston yanvarda 1,2 mlrd dollarga oltin eksport qildi. Bu umumiy eksport hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi
22 fevral 2023, 19:34

O‘zbekiston yanvarda 1,2 mlrd dollarga oltin eksport qildi. Bu umumiy eksport hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi

Yanvarda O‘zbekistonning tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltindan iborat bo‘lib, 1,18 mlrd dollarga qimmatbaho metall sotilgan. To‘qimachilik mahsulotlari, gaz va o‘g‘it yetkazib berish hajmi kamaygan.

Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylandi
23 sentabr 2022, 08:31

Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylandi

Rossiya iyulda O‘zbekiston eksport yo‘nalishlari tuzilmasida Xitoyni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu davlatlar bilan savdo aylanmasi jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir paytda Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya bilan tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada sustlashdi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar-mart oylarida 13,15 mlrd dollarga yetdi
21 aprel 2022, 16:17

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar-mart oylarida 13,15 mlrd dollarga yetdi

2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston eksporti 2,4 baravar oshib, 5,7 mlrd dollarga yetdi. Eksport tarkibining yarmidan ko‘prog‘i oltin savdosidan iborat bo‘ldi. Oltinni hisobga olmaganda, eksport o‘sishi 15,8 foizga teng bo‘ldi. Import esa 44,6 foizga o‘sib, 7,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston yanvar oyida eksport hajmini ikki baravarga oshirdi
22 fevral 2022, 19:31

O‘zbekiston yanvar oyida eksport hajmini ikki baravarga oshirdi

Yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,49 mlrd dollarni (import — 2,09 mlrd, eksport — 1,399 mlrd dollar) tashkil etdi. Bunda oltin eksporti asosiy rolni o‘ynadi va 586,6 mln dollar hajmida sotildi. 2021 yilning yanvarida oltin eksport qilinmagan edi.

O‘zbekiston 2021 yilda $588 mlnlik «inomarka» lar import qildi
31 yanvar 2022, 11:56

O‘zbekiston 2021 yilda $588 mlnlik «inomarka» lar import qildi

2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan umumiy qiymati 588,2 mln dollarga teng 27 mingdan ortiq yengil avtomobil import qildi. Avtomobillar asosan Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan. Eksport qilingan avtomobillar soni esa 29 mingga yetdi, shundan 93 foizi Qozog‘istonga yetkazib berilgan.

O‘zbekiston 11 oyda Qozog‘istonga 28,6 mingdan ziyod yengil avtomobil eksport qildi
29 dekabr 2021, 11:42 1

O‘zbekiston 11 oyda Qozog‘istonga 28,6 mingdan ziyod yengil avtomobil eksport qildi

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston eksport qilgan yengil avtomobillarning 94,47 foizi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina (744 ta), Rossiya (448 ta), Ozarbayjon (253 ta), Tojikiston (72 ta) va Qirg‘izistonga (30) mashinalar yetkazib berilgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi
23 dekabr 2021, 15:15

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi pandemiyadan oldingi darajadan oshdi

11 oy yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi pandemiyagacha bo‘lgan darajadan oshib, qariyb 38 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltin, rangli metallar va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Rossiya bir necha yildan beri ilk marta Xitoyni O‘zbekistonning import bo‘yicha hamkorlarining birinchi qatoridan siqib chiqardi.

Qozog‘iston O‘zbekistondan tovarlar importini cheklamaydi
23 dekabr 2021, 14:31

Qozog‘iston O‘zbekistondan tovarlar importini cheklamaydi

Qozog‘iston qozog‘istonlik iste’molchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani sababli O‘zbekistondan import qilinadigan tovarlarga cheklov qo‘ymoqchi emas. Shu bilan birga, Savdo vazirligi O‘zbekiston tomonining ayrim cheklovlari haqida ma’lum qildi.

Yanvar-iyul holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 21,6 mlrd dollarga yetdi
12 sentabr 2021, 17:04

Yanvar-iyul holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 21,6 mlrd dollarga yetdi

Yanvar-iyul holatiga respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning mos davriga nisbatan salkam 2 mlrd dollarga yoki 10,1% ga ko‘payib, qariyb 21,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 5,3 mlrd dollar qiymatida passiv balans kuzatildi. 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan faqatgina Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari
25 avgust 2021, 16:24

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari

Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi
24 iyul 2021, 19:23

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi
21 may 2021, 21:56

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi

To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.

O‘zbekiston olma importini 8,5 baravarga oshirdi, eksport esa 61 foizga tushdi
27 fevral 2021, 16:42

O‘zbekiston olma importini 8,5 baravarga oshirdi, eksport esa 61 foizga tushdi

O‘zbekiston 2020-yilda olma importini 8,5 baravar — 8876 tonnagacha oshirdi. Eng ko‘p yetkazib berish Qirg‘iziston, Xitoy va Eron davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eksport esa 61,8 foiz — 49,9 mingdan 19 minggacha kamaydi. Ekcportning pasayishi, asosan, Qozog‘istonga bog‘liq.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 18,2 foizga kamaydi
21 iyul 2020, 16:44

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 18,2 foizga kamaydi

2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga pasaydi. Jumladan, eksport — 22,6 foizga, import — 15 foizga kamaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting