22 avgust kuni O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 149 876 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 142 632 (+887) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1028 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 349 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 21 113 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 145 nafarga yetdi.