Avvalroq, 14−15 avgust kunlari Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta harbiiy vertolyoti O‘zbekiston havo hududiga kirgani va Termiz xalqaro aeroportiga majburiy qo‘ndirilgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuraturaning Telegram kanalida chiqqan mazkur xabar mutasaddi idoralar ma’lumoti bilan tekshirilmay chiqarilgani uchun o‘chirib tashlandi.

«Bosh prokuraturaning Telegram kanalida chop etilgan bayonot ham oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan ma’lumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan», — deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura Telegram kanalga ma’lumotlarni joylashtirishga mas’ul bo‘lgan tarmoq xodimlari shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan mazkur bayonot uchun uzr so‘radi.