Sarvar Mamayusupov tizimda yangi joriy qilingan Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Sarvar Mamayusupov aprel oyidan buyon Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. Bungacha u Mudofaa vazirligi tizimida, tarbiyaviy ishlar organlarining ofitseri bo‘lib ishlagan.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev barcha mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazish taklifini bildirgan edi.