Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarida taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitovning final bahsi yakunlandi.

Finalda Rashitov raqibi britaniyalik Bredli Sinden bilan kuch sinashdi va 34:29 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Tokiodagi ilk medalni ham aynan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov keltirdi. Shunday qilib, o‘zbekistonlik taevondochi tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqdi.

Olimpiya o‘yinlarida Ulug‘bek Rashitov Seydu Fofana (Mali), Li Dae Xun (J.Koreya), Mirxashem Hussayni (Eron), Nedzad Xusich (Bosniya va Gersegovina) va Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) kabi taekvondochilarni mag‘lub etdi va chempion bo‘ldi!

Foto

Foto: gettyimages

Video