Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Havo harorati kunduz kunlari +34…+39 darajani, shimolda va cho‘l hududlarda +41…+42 darajani tashkil etadi.

21 iyuldan 23 iyulgacha faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va 23 iyul juma kuniga kelib harorat kunduz kunlari +39…+42 darajagacha ko‘tariladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +44 darajada bo‘ladi.