11 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 458 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, umumiy kasallanish holatlari 116 421 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

11 iyul kuni 325 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 111 514 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 774 nafarni tashkil qildi.