Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 969 674 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 334 502 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 279 365 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 355 807 nafarni tashkil qildi.

2 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 134 294 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 78 216 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 27 268, 3-bosqich emlanganlar 28 810 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (476 353 doza), Farg‘ona viloyatida (459 259 doza), Andijon viloyatida (439 229 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 482 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 2 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112 130 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 108 404 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 745 nafarni tashkil qildi.