26 iyun kuni Pop tumanida piyoda Nexia avtomashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Hodisa soat 08:30 larda, Pungon-G‘urumsaroy-Pop yo‘lining 24 km.da, tumanning “Uyg‘ur” MFY hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 75 yoshli fuqaro Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lini kesib o‘tayotgan 38 yoshli fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.