So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 469 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 27 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 109 692 nafarni tashkil etmoqda.


Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 774 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 105 780 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3181 nafar bemor davolanmoqda.