25 iyun kuni O‘zbekiston koronavirus holatlarining kunlik ko‘payishi bo‘yicha rekordni yangiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kun davomida 546 ta yangi holat tasdiqlangan (bir kun oldin — 476 ta) va 2 ta o‘lim qayd etilgan.

Mamlakatda qayd etilgan holatlarning umumiy soni 108730 taga yetdi, rasmiy ravishda 727 kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgani qayd etildi.

Juma kuni Toshkent shahrida 164 ta, Toshkent viloyatida — 94 ta, Samarqand viloyatida — 90 ta, Xorazm viloyatida — 35 ta, Farg‘ona shahrida — 32 ta, Surxondaryoda — 30 ta holat aniqlangan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3542 kishi davolanmoqda.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 180 556 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 866 148 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 128 260 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 186 148 nafarni tashkil qildi.

25 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 65 693 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 31 918 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 177, 3-bosqich emlanganlar 17 598 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (384 765 doza), Farg‘ona viloyatida (365 516 doza), Andijon viloyatida (358 932 doza) tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyundan boshlab amaldagi karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda va O‘zbekistonda qo‘shimcha karantin cheklovlari joriy etilmoqda. Xususan, Toshkentga hududlardan kirish cheklandi va barcha ko‘ngilochar muassasalar va ovqatlanish punktlari soat 8:00 dan 20:00 gacha ishlashi belgilandi.

Shuningdek, 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar uchun koronavirusga qarshi ixtiyoriy emlash boshlanadi.