Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 035 784 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 784 553 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 097 247 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 153 984 nafarni tashkil qildi.

23 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 61 467 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 33 349 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 13 973, 3-bosqich emlanganlar 14 145 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (358 833 doza), Farg‘ona viloyatida (355 990 doza), Andijon viloyatida (345 117 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 442 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 23 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107 708 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 398 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 103 472 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 723 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanmoqda.