Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 609 694 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 586 585 doza, 2-bosqichda emlanganlar 975 747 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 47 362 nafarni tashkil qildi.

12 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 36 706 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 14 484 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 15 077, 3-bosqich emlanganlar 7145 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (311 798 doza), Andijon viloyatida (305 014 doza), Namangan viloyatida (303 782 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 304 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 12 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 510 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 264 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 99 416 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 708 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3386 nafar bemor davolanmoqda.