Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 335 997 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 467 138 doza, 2-bosqichda emlanganlar 860 117 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 8742 nafarni tashkil qildi.

5 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 40 799 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 18 581 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 19 862, 3-bosqich emlanganlar 2356 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (289 105 doza), Namangan viloyatida (275 212 doza), Andijon viloyatida (268 996 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 286 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 5 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 722 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 197 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 97 714 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3312 nafar bemor davolanmoqda.