O‘zbekiston futzal terma jamoasining Litvada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialning “B” guruhida Rossiya, Misr va Gvatemala terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Mundialda jami 24 terma jamoa ishtirok etadi va jamoalar 4tadan 6 guruhga bo‘lindi.


Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.