19 may kuni o‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

18 may kuni vaksinadan 1 mln doza keltirilgan edi. Emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga yetgan.

Mart oyida 660 ming doza AstraZeneca, aprel oyida 100 ming doza «Sputnik V» vaksinalari ham olib kelingan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1 apreldan 18 maygacha bo‘lgan muddatda mamlakatda jami 1 mln 412 ming312 doza vaksinadan foydalanildi.

Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1 mln 125 ming 995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286 ming 317 nafarni tashkil qildi.