Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U bungacha Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining cobiq birinchi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev yaqinda Prezident selektorida tanqidga uchrab, ishdan bo‘shatilgandi.

Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U bungacha viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.