Oliy Majlis deputati Doniyor G‘aniyev Qarshida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatilishiga munosabat bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha, Farg‘onada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan bayroqning sarf-harajatlarini 1 mlrd so‘m atrofida narx hisoblab berishgan. Narxini eshitib, hokim haydab yuborgan, deydi u. Yakunda esa bayroq o‘rnatilish xarajatlari «100 mln so‘mga ham bormagan"i aytildi.


Ma’lumot uchun, 2 yil avval 2019 yili Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘lgan. 2020 yilning sentabr oyida Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qashqadaryo viloyatida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik davlat bayrog‘i o‘rnatish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.