26 aprel kuni Toshkentning Sergeli tumanida Damas avtomobili hamda Isuzu rusumli yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Hodisa soat 07:00 larda Toshkent shahri Sergeli tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Unda 1970 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk mashinasi hamda 1980 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil to‘qnashgan.

Natijada, haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.