Aralash yakkakurash sport turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev prezidentning kuyovi Otabek Umarov haqida ma’lumot berdi.

«Otabek akam bilan har kuni gaplashaman. Kayfiyatlari zo‘r. Yaqin kunlarda keladilar. Hech qanaqa internetdagi g‘alati gaplarga ishongmanglar. Ko‘rinishlari, hammasi zo‘r», — dedi u.

Murod Xonto‘rayev Otabek Umarovning jarohatlari haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.

«Hech qanaqa boshlariga, qo‘llariga [shikast yetmagan]. Oyoqlari ozgina „travma“ bo‘lgan. Kimdir aytadi, yuradigan, yurmaydigan… Judayam „xarakteri“ kuchli odam. Bugun turish kerak bo‘lsa, bugun turib keladilar. Lecheniye olib, Ramazonni o‘tkazib keladilar. Kecha gaplashdim, ro‘zalarni tutib davolanib yotibdilar», — deydi Murod Xonto‘rayev.

Eslatib o‘tamiz, ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov fevral oyida mototsiklda YTHga uchragani haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi xabar paydo bo‘lgan edi va u Janubiy Koreyada davolanayotgani aytilgandi.